Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda bolalarning o‘ldirilishi haqida mish-mish tarqatgan fuqaro sudda javob beradi
So‘nggi kunlarda Ohangaron va Chirchiq shaharlarida yosh bolalarning o‘g‘irlanishi haqida asossiz mish-mishlar tarqalmoqda.
Ohangaron shahar IIB boshlig‘i Dilshod Mirzahmedov holatga aniqlik kiritdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Shu yilning yanvar oyi o‘rtalarida Ohangaron shahrida Telegram messenjerida J. ismli yigitning audioyozuvi tarqaldi. Unda 2 nafar bola shaharda o‘ldirilgani, shuning uchun ota-onalar farzandlariga hushyor bo‘lishlari kerakligi aytilgan.
Audioyozuvni tarqatgan fuqaro shaxsini 22 yanvar kuni aniqladik. Ohangaron shahri fuqarosi bo‘lgan yigitdan nima uchun aholi orasida bunaqa vahima uyg‘otgani sababini so‘radik.
U buni ko‘chada bir necha kishi suhbati orqali eshitganini, shaxsan o‘zi guvoh bo‘lmaganini tan oldi. Qilgan ishining oqibatini his qilib, kechirim so‘radi.
O‘sha audio xabar qarindoshiga yuborilgan va boshqa guruh, kanallarga tarqatilgan. Shu tariqa, boshqa fuqarolar ham Toshkent viloyatining ayrim hududlarida shunga o‘xshash holatlar (yosh bolalarga nisbatan tajovuz) bo‘layotganligi bo‘yicha audioyozuvlar tarqatishgan. Ular hech qanday asosga ega emas. Maqsad – aholini hushyorlikka chaqirishdan ko‘ra ko‘proq qo‘rquv va sarosima uyg‘otish, xolos», – dedi Mirzahmedov 25 yanvar kuni Angren shahri hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Audioxabarni tarqatib, aholi orasida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lgan J. ismli fuqaroga nisbatan ma'muriy kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va u sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Dilshod Mirzahmedovning qo‘shimcha qilishicha, ba'zilar Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida qatnovchi taksi haydovchisining Angren shahrida qotillik sodir etganini yuqoridagi holat bilan bog‘lamoqda.
«Qotillik haqiqatan sodir bo‘lgan, lekin aytilganidek, audioyozuvdagi gaplar haqiqatga mos kelmaydi. Bu ikkala holat bir-biriga zid va mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Qotillik bo‘yicha axborot beradigan bo‘lsak, Ohangaron shahri, Yangiobod mahallasi, Alpomish ko‘chasida 2020 yil 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Davidova Gulziyo Obidovna (Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro) tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada turmush o‘rtog‘i Yo‘ldoshev o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobil bilan Qo‘qon shahriga kelib, bedarak yo‘qolgani aytilgan.
Avtomobil Ohangaron shahrining yuqorida ko‘rsatilgan manzilida topilgan. 7 yanvar kuni Yo‘ldoshevning jasadi Ohangaron tumanida aniqlandi. Toshkent viloyati prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atgan, tergov ishlari olib borilyapti. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», – dedi Ohangaron shahar IIB boshlig‘i Dilshod Mirzahmedov.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026