Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Moratoriy tugadi degani – yoppasiga tekshir-tekshirlar boshlanadi degani emas»
O‘zbekistonda 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e'lon qilingan moratoriyning muddati tugadi.
Lekin, prezident Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, bu – yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.
«Ko‘plar kutib o‘tiribdi buni. Lekin unaqa bo‘lmaydi. Bu kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shuni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.
2020 yilning birinchi choragida, ilg‘or tajribalar asosida, barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim joriy etilishi shart. Ana shu tizim orqali har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ish olib borib, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta'minlash, tekshirishni esa eng so‘nggi favqulodda chora sifatida adolatli o‘tkazish kerak», – dedi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida.
Ma'lum qilinishicha, nazorat idoralarining rahbarlari shu masala yuzasidan har chorakda shaxsan parlament oldida hisobot berib boradi.
Mavzuga oid
15:37 / 06.05.2026
Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
18:42 / 05.05.2026
Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi
17:45 / 05.05.2026