Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponlar temir yo‘llarni qordan tozalashda sun'iy ongdan foydalanishni rejalashtirmoqda
Yaponiyaning West Japan Railway temir yo‘l kompaniyasi yo‘llarni qordan tozalash samaradorligini oshirish va "sinkansen" tezyurar poyezdlarini himoyalash uchun sun'iy ongdan foydalaniluvchi tizimni yaratmoqchi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Hozirda operatorlar meteorologik xabarlar asosida yo‘llarni qordan tozalashga safarbar etiladigan ishchilar sonini aniqlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ishlab chiqiladigan tizim real vaqt rejimida temir yo‘llardagi va poyezd ustiga to‘plangan qor to‘g‘risida hamda yaqin vaqt ichida kuzatiladigan ob-havo haqida ma'lumot yig‘adi va qaysi uchastkaga necha kishi kerak bo‘lishini aniqlab beradi.
Tizim yil oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026