Narxi 1 mlrd so‘mdan ortiq sifatsiz BFQlarni olib kirishga uringanlar qo‘lga tushdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vakillari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalarni olib kirishga bo‘lgan urinishni bartaraf qildi.
Tezkor tadbir davomida «Ufa-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd «Keles» temir yo‘l chegara bojxona postida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Fuqarolar B.R. va K.B.lar tomonidan olib kelinayotgan 7 dona jomadonlarda 3000 dona «Samyun Wan», 30 377 dona «Montalin» nomli biologik faol qo‘shimchalar hamda 85 dona ayollar kiyim kechaklari yashirin tarzda olib kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib oluvchi shaxslarni fosh etish maqsadida, tezkor tadbir davom ettirildi.
Tadbir davomida «Toshkent Shimoliy» temir yo‘l vokzalida kutib turgan fuqarolar V.A. va S.F. yukni qabul qilib, «Damas» rusumli transport vositasiga yuklayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Aniqlangan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 1 milliard 38,5 million so‘mni tashkil qildi», - deyiladi xabarda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 11.10.2024
DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
18:18 / 08.10.2024
Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16:00 / 30.08.2024