Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Poroshenko va Obama ma'muriyatiga qarshi ish qo‘zg‘atildi
Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama, Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va AQSh sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenlar nomi tilga olingan korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshladi. Bu haqda oliy rada deputati Renat Kuzmin ma'lum qildi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi xalqaro moliyaviy yordamni o‘g‘irlagani va o‘g‘irlangan mablag‘larni legallashtirgani uchun Poroshenko va Obamaga qarshi ish boshladi", - deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Deputatning aniqlik kiritishicha, "Donald Trampning advokati Rudolf Juliani tomonidan Ukrainadagi korrupsiya to‘g‘risida keltirilgan faktlar o‘rganiladi".
14 yanvarda Kuzmin "byuro detektivlari 2014 yilda Ukrainada kim va qanday maqsadlarda hokimiyatni qo‘lga olgani, Trampning shaxsiy advokati Juliani yozgan 100 mlrd dollar qanday va kim tomonidan o‘g‘irlangani va ofshorlarga olib chiqib ketilganini aniqlashlariga to‘g‘ri kelishi"ni yozgandi.
Uning aytishicha, Juliani Ukrainada o‘g‘irlangan pullar Poroshenko, [Xillari] Klinton va Bayden tomonidan 30/70 nisbatda o‘zlashtirilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026