Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadan Shanxayga uchgan samolyot yo‘nalishini o‘zgartirib, Uxanga yo‘l oldi
Yaponiyaning Osaka shahridan Xitoyning Shanxay shahriga parvoz qilgan Juneyao Airlines aviakompaniyasi samolyoti yo‘nalishini o‘zgartirdi va Uxan shahriga qo‘ndi.
Koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy hukumati Uxan shahrini yopib qo‘yganidan so‘ng xorijda bo‘lgan shahar fuqarolari uylariga qaytmoqda.
Xabar qilinishicha, yo‘lovchilar iltimosiga ko‘ra aviakompaniya hukumatdan Xitoy hududida yo‘nalishni o‘zgartirishga ruxsat olgan. Samolyot bortida 94 nafar yo‘lovchi bo‘lib, hamma ham Uxanga qaytishga rozi bo‘lmagan. Ular Shanxayga uchadigan boshqa samolyotga o‘tkazilgan.
Internetda tarqalgan videolavhada bort kuzatuvchisining "Reys Uxanga yo‘l olmoqda, uyga xush kelibsiz" degan so‘zlarini yo‘lovchilar qarsaklar bilan olqishlagani aks etgan.
Avikompaniya shuningdek, Uxanga zarur tibbiyot ashyolarini ham keltirgan.
Samolyot Shanxayga qaytganidan so‘ng dezinfeksiya qilingan, ekipajning 11 nafar a'zosi esa 14 kunlik karantinda saqlanishga rozi bo‘lgan.
Avvalroq dunyodagi qator aviakompaniyalar Xitoyga parvozlarni bekor qilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025