Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frankfurt avtosaloni 70 yildan keyin boshqa shaharga ko‘chiriladigan bo‘ldi
Frankfurt avtosaloni 2021 yildan boshlab boshqa shaharda o‘tkaziladi. Unga mezbonlik qilish huquqi uchun Berlin, Gamburg va Myunxen kurashmoqda.
2021 yildan Frankfurtda 1951 yildan boshlab toq yillarda o‘tkazib kelingan xalqaro avtosalon Germaniyaning boshqa shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunday qarorni avtosalonni tashkillashtirib keluvchi Nemis avtomobil sanoati uyushmasi (VDA) qabul qildi.
2019 yilda VDA’ning avtosalon o‘tkaziladigan Messe Frankfurt ko‘rgazma markazi bilan shartnomasi muddati yakunlangan va oktyabrda tashkilot avtosalonni kompaniyalar va omma uchun qiziqroq qilish maqsadida uning yangi konsepsiyasi ustida ishlayotganini ma'lum qilgan. O‘shanda VDA 2021 yilgi avtosalonni o‘tkazishga arizalar qabul qilishini e'lon qilgan. Natijada tashkilotchilar Berlin, Kyoln, Frankfurt, Gamburg, Gannover, Myunxen va Shtutgartdan takliflar olgan.
VDA’ning ma'lum qilishicha, shaharlar taqdimotlari baholanib, finalga Berlin, Gamburg va Myunxen arizalari chiqqan. Bundan kelib chiqadiki, avtosalon Frankfurtda boshqa o‘tkazilmaydi.
Ta'kidlanishicha, avtosalonga mezbonlik qiladigan shahar yaqin haftalarda tanlab olinadi.
Oxirgi yillarda yirik avtosalonlarga qiziqish kamaymoqda, aksariyat avtomobilsozlik kompaniyalari yangi modellarini maxsus tadbirlarda taqdim qilishni afzal ko‘rmoqdalar. Shu sababli ba'zi avtosalonlar o‘z formatini o‘zgartirishni boshlamoqda. Misol uchun, Detroyt avtosaloni tashkilotchilari motor-shouni yanvardan iyunga ko‘chirishga qaror qilishgan. Buning hisobiga avtosalon ochiq havoda turli tomoshalar, konsertlar, test-drayvlar, anjumanlar va bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar bilan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:52 / 12.03.2026
“10 kunda 3 marta buzildi” – Toshkentda yangi olingan BYD Seal 6 xaridori va uni sotgan avtosalon o‘rtasida nizo chiqdi
10:38 / 12.02.2026
Toshkentdagi “Dna motors” avtosaloni mansabdorlari qamoqqa olindi
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
12:08 / 28.10.2025