22:19 / 31.01.2020
0
5315

IBM bosh direktori o‘zgarishi ma'lum qilindi 

AQShning IBM kompaniyasi o‘z bosh direktori Jinni Romettini almashtirishga qaror qildi. 

Jinni Rometti

Kompaniya bosh direktor Jinni Rometti iste'foga chiqishini, uning o‘rnini kompaniyaning bulutli va kognitiv dasturiy ta'minot bo‘yicha katta vitse-prezidenti Arvind Krishna egallashini ma'lum qildi. 

Krishna bosh direktor lavozimini 5 apreldan boshlab egallaydi. Shu bilan birga, kompaniya direktorlar kengashi raisi Jyeyms Uaytxerst bo‘lishi ma'lum qilingan.
        
Rometti IBM’ga 2012 yildan rahbarlik qilib kelgan, u kompaniyada 1991 yildan faoliyat yuritib keladi. 

Oxirgi yillarda IBM bulutli texnologiyalar bilan bog‘liq bir nechta kompaniyalarni sotib olgan bo‘lsa-da, hozirda kompaniya aksiyalari Rometti bosh direktor bo‘lgunga qadar turgan narxidan 25 foiz arzonroq turadi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top