Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan davlat xizmatlari interaktiv infokiosklar orqali ko‘rsatiladi
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidentining Farmoni e'lon qilindi.
Farmon bilan Adliya vazirligining Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi Agentlikka o‘tkazildi.
Farmonga muvofiq, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Filiallarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish; fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish; tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.
Filiallar mahallalarning fuqarolar yig‘inlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Farmonda belgilanigshicha, filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Agentlik bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar talab eng yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning to‘liq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini ta'minlaydi; ikki oy muddatda xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil mexanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmog‘i orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020 yil 1 aprelga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tahlil qiladi va davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
2020 yil 1 mayga qadar filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat xizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish bo‘yicha minimal tashkiliy-texnik talablar, shuningdek, filiallar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatlarini aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-ko‘ngilochar komplekslar) o‘rnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etadi.
Mavzuga oid
13:32 / 21.04.2026
Telefon raqamni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish – endi onlayn shaklda mumkin
13:55 / 01.03.2026
Eko-stikerni qanday olish mumkin?
18:35 / 18.07.2024
1 avgustdan avtomobil davlat raqamlarini berish tartibi o‘zgaradi
11:16 / 11.07.2024