Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya samarador uskunalarni xarid qilish xarajatlari bir qismi davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, iste'molchilar tomonidan quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlarini hamda energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Moliyalashtirish mexanizmini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy hay'atlar Energetika vazirligi bilan birgalikda har yili 15 mayga qadar kelgusi yilda iste'molchilar tomonidan zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatilishi bo‘yicha rejaviy hisob-kitoblar asosida tegishli hududlar kesimidagi ro‘yxatni shakllantirib Moliya vazirligiga taqdim qilib boradi.
Moliya vazirligiga har yili 15 avgustga qadar kelgusi yilda iste'molchilar tomonidan zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatilishi bo‘yicha rejaviy hisob-kitoblar asosidagi tegishli hududlar kesimidagi ro‘yxatni shakllantirib Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilib boradi.
Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hududlar kesimida tasdiqlangan energiya qurilmalarni iste'molchilar tomonidan o‘rnatilishi bo‘yicha rejaviy hajmidan kelib chiqadigan xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni 2021 yildan subsidiya ajratish uchun Davlat budjet ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ko‘zda tutib borilishini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi har yili 1 oktyabrga qadar, kelgusi yilda energiya samarador qurilmalarini o‘rnatilishi rejalashtirilgan tegishli hududlar kesimidagi iste'molchilar ro‘yxatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida tasdiqlaydi hamda Moliya vazirligiga, Energetika vazirligiga, Markaziy bankka xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.
Energetika vazirligi shaxsiy veb saytida har chorakda energiya samarador qurilmalarini va butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi hamda o‘rnatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ro‘yxatini shakllantirib boradi.
Iste'molchilar tomonidan energiya samarador qurilmalar sotib olinib o‘rnatilganidan so‘ng, ushbu qurilmalarni sotib olishga hamda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga ketgan xarajatlarini bir qismini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalar, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun - 3 million so‘mdan;
quyosh suv isitkichlar uchun - 1,5 million so‘mdan;
gaz-gorelkali qurilmalar uchun - 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etish;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:
jismoniy shaxslarga - 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha - Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga - 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
v) energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash metodlariga nisbatan talablarni o‘rnatadigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish ishlariga, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va texnik ko‘mak, shu jumladan, grant va kredit mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olgan va tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha xarid qilingan energiya samarador qurilmalari foiz xarajatlarini bir qismini budjet hisobidan qoplab berishda, ularning xohishiga ko‘ra tanlangan yo‘nalishning faqat bitta turi o‘z mablag‘lari hisobidan yoki tijorat banklarining kredit foiz xarajatlari bo‘yicha mablag‘lar ajratiladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025