Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda koronavirus bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi
Yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston maktablarida o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI), gripp va koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari boshlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.
«Mazkur tushuntirish ishlari tizimdagi barcha xodimlar va o‘quvchilarni qamrab oladi.
Viloyat xalq ta'limi boshqarmalari ertaga, 4 fevraldan boshlab o‘zlari ishlab chiqqan reja bo‘yicha tushuntirish ishlarini boshlaydilar» – deya ma'lumot berdi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Anvar Umarov.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqqan:
- xona harorati me'yorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;
- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;
- hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;
- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;
- talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta'minlash;
- xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.
«O‘zingiz va oila a'zolaringizda yuqorida qayd etilgan kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan hududingizdagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting. Har qanday davolash ishlari shifokor nazoratida amalga oshirilishi lozim», – deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida 2019-nCoV virusini yuqtirib olganlar soni oxirgi bir sutka mobaynida 2829 kishiga ko‘payib, 17205 kishiga yetdi. Muvaffaqiyatli davolash kursidan o‘tib, sog‘ayib ketganlar esa 475 nafarni tashkil qilmoqda. Virus Xitoydan tashqari 26ta mamlakatda aniqlangan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025