Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir ko‘cha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrida yana bir ko‘cha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Geologiya va geofizika institutida qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek va Mo‘minova ko‘chasi oralig‘idagi Olimlar ko‘chasi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi.
Tashrifda O‘zbekistonda yer qa'rini geologik o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari negizida tashkil etilayotgan yaxlit majmua – zamonaviy Geologiya universiteti kampusiga tamal toshi qo‘yildi.
«2020 yilning 1 sentyabrigacha universitetning o‘quv binolari, 30 dekabrga qadar uning ilmiy laboratoriyalari va yotoqxonalari qurib bitkaziladi», – degan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026