Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda tibbiyot xodimlari Xitoy bilan qatnovlar to‘xtatilishini talab qilmoqda
Hongkongda to‘rt mingdan ortiq tibbiyot xodimlari Xitoy bilan qatnovlar to‘liq to‘xtatilishini talab qilib ishga chiqmadi. Bu haqda RTHK telekanali xabar berdi.
"Bugun 4400 dan ortiq tibbiyot xodimlari navbatchilikka chiqmadi, ularning aksariyati – 2500 dan ortig‘i sanitarlar, bu tibbiy xizmat faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi", - deyiladi telekanal xabarida.
Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem tibbiyot xodimlari o‘z munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va ishga qaytishlariga umid bildirdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 20,4 mingdan ortib ketgan, 425 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
15:06 / 04.05.2026