O‘zbekiston | 11:22 / 04.02.2020
27067
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi ayrim harakatlar uchun jarima solish boshlanadi 

Gap Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi birinchi qismi xususida bormoqda. 22 yanvardagi qonun bilan unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, ular 24 apreldan kuchga kiradi.

Foto: KUN.UZ

Hozirgi vaqtda moddada yo‘llarga, yo‘l inshootlariga va yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazganlik, ularni saqlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalar nazarda tutilgan.
 
Norma’ning yozishicha, o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin, u bo‘yicha quyidagilarga ham jarima solish boshlanadi:

avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qaziganlik uchun;

yo‘llarda sun'iy notekisliklar va to‘siqlar barpo etganlik uchun;

avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik uchun;

yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun.
 
Shuningdek, jarimalar ham qayta ko‘rib chiqildi. Huquqbuzar fuqarolar BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa – BHMning 10 baravari miqdorida jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi (hozirgi kunda sanksiyalar unifikatsiyalashgan– jarima 10 BHM miqdorida).
 
Yuqorida keltirilgan huquqbuzarliklardan hech bo‘lmaganda bittasi aniqlangan taqdirda Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari bayonnoma tuzadilar. MJTKning 282-moddasi tartibida u ko‘rib chiqish uchun ma'muriy sudga yuboriladi.
 
Tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid