Jahon | 23:44 / 05.02.2020
9261
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada 25 yil ichida AQShning eng ko‘p sonli qo‘shini ishtirokidagi mashg‘ulotlar boshlanmoqda 

Yevropada NATOning AQSh boshchiligidagi Defender-Europe 20 (“Yevropa muhofizi 2020”) deb nomlangan ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlari boshlanmoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu mashg‘ulotlar NATOning 25 yil ichida Yevropadagi AQShning eng ko‘p sonli qo‘shini ishtirokidagi mashg‘ulotlari hisoblanadi. 

NATO matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlarda NATOga a'zo va unga hamkor hisoblangan 18 ta davlatdan 37 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etadi. 

AQShdan Yevropaga 20 ming askar va zobit tashlanadi. Mashg‘ulotlar may oyi o‘rtalarigacha davom etadi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya bu mashg‘ulotlarga javob berishini aytgan. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ta'kidlashicha, ushbu mashg‘ulotlar biror-bir davlatga qaratilmagan. “Ulardan maqsad AQShning zarurat vaqtida alyans bo‘yicha ittifoqdoshlarini himoyalash uchun Yevropada o‘z kuchlarini tezkorlik bilan joylashtira olishini ko‘rsatishdan iborat”, deb aytgan NATO bosh kotibi. 

Qo‘shinlar harakatlanadigan asosiy hudud Polsha bo‘ladi, Germaniya esa logistik markaz va bosh tranzit davlat vazifasini bajaradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid