Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pirotexnika buyumlari muomalasi ustidan nazorat tizimi kuchaytiriladi
O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish choralari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi
Hujjat O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlarining muomalasini davlat tomonidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ularni qo‘llagan holda madaniy-tomosha va boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish davomida fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta'minlash choralarini kuchaytirish maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni o‘tkazish davomida pirotexnika buyumlaridan foydalanish oldindan kelishishni talab qilinmaydi.
Oldindan kelishish texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III – V klasslari) foydalanish joyi joylashgan hudud bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Oldindan kelishish qo‘yidagi ketma-ketlikda beriladi:
birinchi bosqichda – tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limlari;
ikkinchi (yakuniy) bosqichda – tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan.
Oldindan kelishish muvofiq shaklda beriladi hamda yuridik shaxslarning unda ko‘rsatilgan pirotexnika buyumlaridan foydalanishga mo‘ljallangan joyda (obektda), vaqtda va shart-sharoitlarida foydalanishi uchun asos hisoblanadi.
Oldindan kelishish, odatda, yuridik shaxsining arizasida ko‘rsatilgan muayyan joyda (obektda), vaqtda va shart-sharoitlarida texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan bir marotaba foydalanish uchun beriladi.
Bir qator pirotexnika buyumlaridan foydalanish bir turdagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi bo‘yicha aynan bitta joyda (obektda) va shart-sharoitlarida amalga oshirilgan taqdirda yuridik shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli organlar tomonidan pirotexnika buyumlaridan foydalanishlarning umumiy sonini ko‘rsatgan holda, bir oygacha amal qilish muddati bilan, bir qator pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun yagona oldindan kelishish berilishi mumkin.
Oldindan kelishishni olish uchun arizachi har bir vakolatli organga pirotexnika buyumlaridan foydalanish mo‘ljallangan sanadan oldin yetti ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda ikki nusxada muvofiq shaklda arizani taqdim etib, unga quyidagilarni ilova qiladi:
pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlari rahbari va ularni bajarishga jalb etilayotgan xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxalari;
otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi tushirilgan holda obekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar ro‘yxati ko‘rsatilgan pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi.
Arizachidan o‘zga hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arizachi tomonidan oldindan kelishishni berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organlarga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Arizada arizachining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligini bildiradi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).
Vakolatli organlar arizachining og‘zaki yoki yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat shaklida jo‘natgan so‘rovnomasi bo‘yicha oldindan kelishishni olishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish masalalari yuzasidan ma'lumotlarni va maslahatlarni beg‘araz asosda taqdim etadi.
Oldindan kelishishni berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organlar tomonidan yig‘im undirilmaydi.
Oldindan kelishishni berish yoki oldindan kelishishni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror arizachining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga vakolatli organlar tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat ichida qabul qilinadi.
Oldindan kelishishni berish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kunda vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Vakolatli organlar arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda arizachida pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqish uchun ko‘rsatilgan muddat doirasida o‘z mablag‘lari hisobidan joyiga borib baholash huquqiga ega.
O‘rganib chiqish, qoida tariqasida, vakolatli organlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Vakolatli organlar tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda arizachiga oldindan kelishishni beradi (yuboradi) yoki oldindan kelishishni berishni rad etish haqidagi yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Oldindan kelishishni berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi, yoxud taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlar mavjudligi;
pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni aniqlash uchun o‘tkazilgan o‘rganishlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Oldindan kelishishni berishni o‘zga asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldindan kelishishni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Arizachi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Arizachi oldindan kelishishni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, oldindan kelishishni berish yoki uni berishni rad etish arizachining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e'tiboran uch ish kunidan oshmagan muddatda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldindan kelishishni berish to‘g‘risidagi hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Oldindan kelishishni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin arizachi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organlar tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Arizachi vakolatli organlarning oldindan kelishishni berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek vakolatli organlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
17:41 / 17.01.2026