Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh qilindi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh qilindi
Illyustrativ foto
2020 yil 28 yanvar kuni 36 yoshli N.R. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 1 yanvar kunidan 28 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uning “Damariq” mahallasida joylashgan uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy miqdori 18 200 000 so‘mlik har xil turdagi qimmatbaho buyumlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlangan va undan ayrim qimmatbaho buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Voyaga yetmagan R.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026