Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida pichoq bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Yunusobod tumanida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma'lum shaxs qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko‘rib, zudlik bilan ko‘ngilsizlikni oldini olishga oshiqqan.
Noma'lum erkak ayolga yetib olgan paytda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi yetib kelib, ayolni pichoq bilan tahdid qilayotgan erkak qo‘lidan ajratib olgan. Ayolni o‘z himoyasiga olgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisini ko‘rgan tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib, Yunusobod 9-dahada to‘xtatilgan. Fuqarodan qo‘lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, fuqaro Milliy gvardiya va PPX xodimi talabini bajarmasdan, haqorat qilib, ularni o‘ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo‘liga ilingan narsalarni ota boshlagan.
Fuqaro uni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog‘iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. PR73 (rezina tayoq)ni ishlatishga majbur bo‘lgan. So‘ng tartibbuzarning qo‘lidagi pichoqni tortib olib, qo‘liga kishan solgan. Qo‘lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo‘limiga topshirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri spirtli ichimlik ichgani oqibatida o‘zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelganligi ma'lum bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Mavzuga oid
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025
29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi
13:19 / 16.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi
13:00 / 03.12.2025