Jahon | 00:06 / 08.02.2020
8601
1 daqiqa o‘qiladi

Tataristonda vertolyot qulashi oqibatida davlat dumasi deputati halok bo‘ldi 

Tataristonda vertolyotning qulashi oqibatida Rossiya davlat dumasi deputati Ayrat Xayrullin halok bo‘ldi. 

Foto: TASS /Sergey Fadeichev

Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qilgan. 

Bell 406 vertolyoti Tataristonning Laishevo shahri yaqinida falokatga uchragan. “Vostok Trans” kompaniyasiga tegishli vertolyotda 3 kishi bo‘lgan.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2 kishi, jumladan uchuvchi og‘ir jarohat olgan. Xayrullin familiyali bir yo‘lovchi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan manba.

Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

50 yoshli Ayrat Xayrullin “Yedinaya Rossiya” partiyasi a'zosi bo‘lgan. 2008 yildan boshlab Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan 200 taga yaqin kompaniya  kirgan Milliy sut ishlab chiqaruvchilar ittifoqiga (Soyuzmoloko) rahbarlik qilgan. Xayrullin davlat dumasida agrar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Mavzuga oid