Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta tadbirkorlik va raqobatchini obro‘sizlantirish dekriminalizatsiya qilinishi kutilyapti
O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlarini dekriminalizatsiya qilish rejalashtirilmoqda
2020 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslarini qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bunda, Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan:
- bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan va tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi joriy etilishi;
- tadbirkorlik sub'yekti hisoblangan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakliga asoslanib jinoiy uyushma sifatida e'tirof etishni taqiqlovchi mexanizmlari joriy etilishi;
- tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinishi (soxta tadbirkorlik, raqobatchini obro‘sizlantirish va boshqalar) mumkin.
Davlat dasturi loyihasida ushbu qonun loyihasi joriy yilning 1 apreliga qadar ishlab chiqilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020 yil davomida Jinoyat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:43 / 27.06.2026
Xatirchida 6 oylik o‘g‘lining og‘ziga paypoq tiqib o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
13:08 / 23.06.2026
O‘zbekistonda korrupsionerlar reyestri nihoyat joriy etilmoqda
17:31 / 12.06.2026