Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudida farzandini öldirgan otaga hukm öqildi. Kun.uz mazkur hukm bilan tanişdi.

Hukmda yozilişiça, 2026 yil 9 yanvar kuni 1993 yilda tuğilgan F.N. dam oliş maqsadida xonasiga kirganida 6 oylik öğli yiğlab, xarxaşa qilib unga xalal berganidan jahli çiqqan. Şunda u yaqinlarining köz öngida bolaning oğziga paypoq tiqib, bir neça marta ikki qölidan uşlab siltab qöyib yuborişi oqibatida bolaning boşi divan yoğoçiga tekkan va soğligi yomonlaşib klinik ölim qayd etiladi.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasida çaqaloqning ölimi miya qattiq va yumşoq pardalari ostiga va miyaçaga qizil qora qon quyilişi, miya va öpkalar şişi, ötkir nafas yetişmovçiligidan kelib çiqqanligi aytilgan.

F.N. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” (aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsni) va “j” (öta şafqatsizlik bilan) bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Eslatib ötamiz, 9 yanvar kungi uşbu qiynoq va zöravonlik haqida jamoatçilikni Kun.uz öz manbalariga tayanib xabardor qilgandi. Jumladan, yiğlagani uçun ota özining 6 oylik öğil bola çaqaloğiga tan jarohati yetkazgan va uning oğziga paypoq tiqqan. Şundan söng çaqaloqning ahvoli oğirlaşib, kökara boşlagan.

Çaqaloq onasi tomonidan zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qarama bola 14 yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida şifoxonada vafot etgan.

Dastlab holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgandi.