Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda XAEA missiyasi O‘zbekistondagi yadroviy infratuzilmani har tomonlama ko‘rib chiqishni belgilagan
Yadro xavfsizligi sohasida hamda AES qurilishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda tashkilot O‘zbekistonga har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekani bildirildi
O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA)ning yangi tayinlangan bosh direktori Rafael Mariano Grossi bilan uchrashdi.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv O‘zbekiston delegatsiyasining 2020 yil 10-14 fevral kunlari tashkilotning Vena shahridagi bosh qarorgohida o‘tkazilgan Yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyadagi ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Mariano Grossi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatning XAEA bilan hamkorlikni kuchaytirayotganiga yuqori baho berdi. U XAEA O‘zbekiston timsolida mintaqadagi muhim hamkorni ko‘rayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, u yadro xavfsizligi sohasida hamda AES qurilishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda tashkilot O‘zbekistonga har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi, 2020 yilda XAEA missiyasi yadroviy infratuzilmani har tomonlama ko‘rib chiqishni belgilaganini ma'lum qildi.
Mariano Grossi mamlakatda yadro xavfsizligini ta'minlashda muvofiqlashtiruvchi muhim rol o‘ynashini alohida ta'kidlab, shu boisdan muvofiqlashtiruvchining kadrlar salohiyatini oshirishga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ma'lum qildi. Bu borada XAEA missiyalaridan biri bo‘lgan «Muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha kompleks xizmatlar (IRRS)» dasturining o‘tkazilishi O‘zbekistonning milliy dasturi to‘liq xalqaro talablar asosida amalga oshirilishini ta'minlash imkonini berishi ta'kidlandi.
2020-2021 yillar mobaynida XAEA texnik hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekistonda umumiy qiymati 1 million yevrodan ortiq bo‘lgan to‘rtta loyihani amalga oshirish uchun tasdiqladi.
Dastur O‘zbekistonda yadro energiyasi obektlaridan foydalanishda yadro va radiatsiya xavfsizligini mustahkamlash, tibbiyot va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energiyasi haqidagi bilimlarni tarqatishni ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
08:10 / 19.03.2026
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
16:43 / 19.12.2025