«Qarib quyilmagan» Berni. Ğalaba bilan boşlagan keksa nomzod Trampni yengişga qodirmi?
|17:40 / 14.02.202032 88414 min
Fevral oyida AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari rasman boşlandi. Dunyoning heç bir mamlakatida saylovlar bu qadar qiziqarli keçmasa kerak. AQŞda saylov boşqa köpçilik davlatlarda bölgani kabi bir kunda ötib ketmaydi. Okeanortida bu jarayon uzoq davom etadi, şu bois odamlarda saylov madaniyati yuqori darajaga yetgan.
Foto: The HillFoto: The Hill
AQŞdagi prezidentlik saylovlari praymerizdan boşlanadi. Ya'ni, bu partiyalarning içki ovoz beriş jarayoni. Praymeriz «boşlanğiç ovoz beriş» degani va bu jarayon bevosita saylov natijasiga ta'sir qiladi. Praymeriz har bir ştatda alohida ötkazilib, unda partiya a'zolari özlarining partiyalaridan körsatilgan nomzodlar orasidan birini tanlaydi.
Bu iş saylovlar vaqtida partiya vakillari uçun berilgan ovozlar soçilib ketişining oldini oliş uçun qilinadi. Aytaylik, demokratlardan hal qiluvçi bosqiçga ikki nomzod yetib borgan va partiya ularning ikkisini ham qöllab-quvvatlaydi. Partiya hal qiluvçi natijalarga köra, ikki demokrat nomzodni qöllaganlarning ovozini bölib olib, arosatda qolgandan köra bir nomzodni qöllaşni afzal köradi. Bir söz bilan aytganda, AQŞ saylovlarida şaxslar emas, ğoyalar örtasida kuraş keçadi. Bu esa siyosatning eng yuqori çöqqisidir.
AQŞda odatga köra ilk praymeriz Nyu-Hempşirda boşlandi. Praymerizni özida boşlaş uçun köp ştatlar harakat qilib körgan, ammo öziga xos saylovning starti aynan Nyu-Hempşirdan boşlaniş an'anasi özgarişsiz qolmoqda. Har qanday nomzod uçun dastlabki praymeriz natijasi juda muhim, çunki ilk natijalar qolgan ştatlardagi saylovçilarga ham bevosita ta'sir qiladi.
Yöq, Nyu-Hempşirda vakillar (delegatlar) qolgan ştatlardan farq qiladigan darajada köp emas. Darvoqe, AQŞda saylovçilar töğridan-töğri prezidentlikka nomzodlarga emas, vakillarga ovoz berişadi. Vakillar esa öziga işonganlar nomidan prezidentni saylaydi. Şu bois, Tramp Hillari Klintondan 3 million kamroq ovoz olgan bölişiga qaramay, prezident bölib ketgandi, çunki Trampga köproq vakil ovoz bergan.
Demak, ilk praymeriz haqida gaplaşayotgandik. Aytaylik, siz Nyu-York ştati fuqarosisiz va kimga ovoz berişga ikkilanyapsiz. Tabiiyki, siz demokrat ham, respublikaçi ham emassiz, aks holda katta ehtimol öz partiyangiz körsatgan nomzodni qöllar edingiz. Ikkilanib turgan vaqtingizda esa Nyu-Hempşirdagi praymeriz natijasiga qaraysiz. U yerda kimdir katta farq bilan ğalaba qozonsa, şunça odam bir nimani biladi-ku, degan tuşunça har qanaqasiga xayolingizdan ötadi. Kamida Bayden nega 5-örinni oldiykin, demak Ukrainadagi gap-sözlar bekorga emaskan-da, deb öylaysiz.
AQŞda hamma demokrat yoki respublikaçi deb öylasangiz, adaşasiz. Saylovlarda neytral ovoz beruvçilar juda köp böladi. Nomzodlar öz partiyasidagilarning e'tiborini tortiş uçun emas, aynan neytral nomzodlarning ovozi uçun kuraşadi. Axir partiyadoşlari şundoq ham ularga ovoz beradi. Aynan mana şu jihatdan praymerizning boşlanişi juda muhim.
Sanders eng keksa nomzod, ammo u ğolib böldi
Berni eng keksa nomzod, lekin eng oldinda / LIVENews
Nyu-Hempşirdagi ilk praymerizda demokratlar orasida ötgan safar ham prezidentlikka nomzodini qöygan Berni Sanders ğolib böldi. Uni 26 foiz demokrat qöllagan. Jo Baydenni ilk praymerizda partiyadoşlaridan 9 foizi qöllagan va bu borada sobiq vitse-prezident beşinçi böldi. Sandersga bunday ğalabadan söng Trampning asosiy raqibi sifatida qaray boşlaşdi.
Nyu-Hempşirdagi praymerizda Sanders va Buttijiç 9tadan delegat ovoziga ega böldi, Blumberg hali praymerizga qöşilmagan
«Qarib quyilmagan» Sanders
Sentyabrda 79 yoşni qarşi oladigan Sanders nomzodlar orasida eng qarisi, ammo amerikalik yoşlar aynan uni qöllamoqda. Sotsialist hisoblangan Sanders 1988 yil Rossiyada iş taşrifi bilan borib bahonada «asal oyi»ni ham Yaroslavlda ötkazgan. AQŞda bu faktga alohida e'tibor berişmoqda. Agar Sanders Trampning asosiy raqibiga aylanişi aniq bölsa, uning Rossiyadagi safari haqida qizil ma'lumotlar çiqib qolsa, ajablanmang. Axir Baydenning öğli bilan boğliq Ukrainadagi muammolar sobiq vitse-prezidentning elektoratiga ta'sir qilganini kördik.
Nega yoşlar Sandersni qöllamoqda?
Foto: LIVENews
Sandersning asosiy ustunligi öz yölida sobitqadamligidadir. U doim öz pozitsiyasida turib kelgan. Ayni damda Sandersning yoşlar va afroamerikaliklar örtasida obrösi katta. Ayniqsa yoşlar Sandersni juda yaxşi köradi, çunki Berni sölçi demokrat bölgani uçun keskin çiqişlari bilan ajralib turadi. Sölçilar özlarini haqiqiy demokrat deb hisoblaşadi va insonning siyosiy erkinligi uçun kuraşadi. Ular har qanday çeklovlarni rad etadi va tabiiyki bu qoni qaynab turgan yoşlarga yoqadi.
Sörovlar nima deydi?
Ijtimoiy sörovlar haqidagi fikrimizni bildirişdan avval AQŞda bunday turdagi sörovlar qançalik aniq amalga oşirilişi haqida gapirsak. Masalan, Nyu-Hempşirdagi praymerizdan avval ijtimoiy sörovlar natijalari Sanders 25 foiz ovoz olişini körsatgandi, ovoz beriş tugagaç Vermont ştatidan saylangan mustaqil senator 26 foiz ovoz oldi. Ya'ni, sörovlar katta aniqlikda natija beradi.
2019 yil oxirida ötkazilgan ijtimoiy sörovlar natijasiga köra, AQŞdagi 70 foiz «milleniallar» (ya'ni 1985 yildan keyin tuğilganlar) saylovlarda Sandersni qöllaşini aytgan. 2000 yildan keyin tuğilgan yoş saylovçilar orasida esa bu körsatkiç 64 foizni taşkil qilgan.
3 martga belgilangan «superseşanba»da ham Sanders ğolib bölsa, Tramp tanqidlar nişonini Baydendan Berni Sandersga qaratsa kerak. Bilasizmi, bu borada Trampda variantlar kamroq böladi, çunki Bayden vitse-prezident lavozimida işlagan, hukumatda faol iş olib borgan. Sanders esa rahbariyatda işlamagan, faqat senatorligi bilan tanilgan. Baydenni troll qiliş uçun Trampda imkoniyat köp edi, ammo Sanders bu borada ança toza nomzod.
Sörovlarda dastlab Baydenni köproq qöllaşayotgandi, sönggi vaqtlarda Sanders barqaror odimlamoqda
Nomzodlarning oila a'zolari ham bunday vaqtda katta sahnaga çiqadi. Masalan, Bayden yaxşi ketayotgan vaqtda öğlining Ukrainadagi faoliyati unga pand berdi: Tramp Zelinskiy bilan uçraşib unga Baydenning öğli bilan boğliq vaziyatni örganişni «uyga vazifa qilib berdi». AQŞdan investitsiya va katta yordam pullari kutayotgan Ukraina hozir bunday sörovni qörslik qilib rad etadigan ahvolda emas. Natija esa Tramp uçun yaxşi böldi — Bayden asosiy raqobatçi bölmay qoldi.
Yoki Fransiya prezidentlik poygasida Makronga xotini şunçaki oddiy öqituvçi (buning ustiga özining birinçi öqituvçisi) ekani ham yordam bergandi. Uning raqiblari orasida kimningdir eri, kimningdir farzandi qandaydir mojaroga aralaşgan bölib çiqib, Makron «namunali oila boşliği» sifatida bu borada muammoga uçramagandi.
Trampga raqobat qila oladimi?
Photos by Sarah Silbiger/Getty Images and Chip Somodevilla/Getty Images.
Berni Sanders mamlakatning eng maşhur siyosatçilaridan biri. U Baydendan farqli saylov kampaniyasini raqiblarini yançişga uriniş asosiga tuzgani yöq. Har holda hozirça şunday. Bayden oz emas, köp emas naq amaldagi prezidentga qarşi çiqişlari bilan Trampning asabiga öynadi va oqibatda «ukrainça zarba» qabul qilib oldi. Sanders ham Trampni ağdariş haqida gapirdi (nomzodlarning köpçiligi bu gapni ta'kidlamoqda), ammo Trampni qoralaşni asosiy işiga aylantirib olgani yöq.
Amerikalik siyosatçilarning fikriça, Sanders demokratlarning yagona nomzodiga aylanişi mumkin, ammo Trampga qarşilik qiliş u uçun deyarli imkonsiz, çunki Sanders klassik sölçi sifatida hukumatni juda köp tanqid qilgan holda ijtimoiy himoyaga köp e'tibor berişni xohlaydi. Okean ortida esa «AQŞning buyuk ekanini madh etmagan» nomzodlar muvaffaqiyat qozonişi qiyin (şu örinda Trampning ilk marta nomzodini qöygan vaqtdagi şiorini eslang: Make America great again).
Çindan AQŞdagi saylovlarda asosiy intriga 2-örin uçun keçayotgandek. Yöq, Trampning obrösi oşib ketgani yöq, aksinça köpçilik amerikaliklarning undan toqati toq bölgandek, şunçaki maydonda yetarli darajada kuçli raqib körinmayapti.
Masalan, demokratlarning özi asosiy nomzod borasida bir fikrga kelgani yöq. Saylov kampaniyasi avvalida bir qaraşda risoladagidek nomzod bölgan Jo Bayden partiya tomonidan qöllandi va demokratlar partiyasi aynan «öng va sölga oğmagan» Baydenni asosiy nomzod sifatida körsatmoqçidek edi, ammo saylovçilar praymerizning birinçi raundida qariya Sandersni ma'qulroq nomzod sifatida tanladi.
Sanders — qaysar, Bayden esa faqat maqsad sari intiladi
Buttijiç, Sanders, Bayden va Uorren. Demokratlarning favoritlari
Demokratlarning asosiy nomzodi böliş uçun kuraşayotgan Sanders va Bayden bir-biridan butunlay farqli insonlar. Sanders uçun göyoki öz ğoyalaridan oliyroq narsa yöqdek, ya'ni u prezident böliş uçun aynan qandaydir çiqişlarga zör bermaydi. Masalan, Tramp odamlarga nima yoqişini bilgan holda kampaniyasini işlab çiqib, qaysidir ma'noda şuning evaziga ğalaba qozongandi. Bayden esa amerikaliklarda Rossiyaga bölgan nafrat oşgan ayni damda «oliy darajadagi rusofob» ekanini köp bora isbotlamoqçi böldi.
Bu qaysidir ma'noda «Kassandra tamğasi»dagi (Çingiz Aytmatovning maşhur romani) Oliver Ordokning harakatlarini eslatib yuboradigan populistlikka öxşaydi. Sandersda mana şu narsa yöq, u qöpol qilib aytganda, özining sölça ğoyalariga sobit qoladigan qaysar qariya.
Demokratlar taktik jihatdan kuçsizmi?
Sanders oldingi saylovlarda ham saylovçilar orasida katta obröga ega bölganiga qaramay, demokratlar partiyasi sobiq davlat kotibi, sobiq birinçi xonim Hillari Klintonni asosiy nomzod sifatida tanlagandi. WikiLeaks esa xuddi şuni kutib turgandek Klintonning maxfiy yozişmalarini e'lon qilib, Trampga «yaşil çiroqni yoqib berdi». Agar partiya Sandersni qöllaganida, balki hammasi boşqaça bölgan bölardi, çunki Berni doim mustaqil siyosatçi bölgan va Klintondan farqli ravişda heç kimga nimanidir va'da qiladigan vakolatga ega bölmagan.
Bu yilgi saylovlarda esa demokratlar oldingi omadsizlikdan qoçiş uçun Baydendan voz keçib, Sandersni qöllaşi mumkin. Çunki hali praymeriz boşlanmay turib Baydenni «yer bilan yakson qilişni boşlagan» Tramp agar u asosiy raqibga aylansa, qanaqa «kompromat» topib qöyganini tasavvur qilavering.
«Davlatimiz Eron va Saudiya bilan bir qatorda bölişini xohlamayman»
Berni Sandersning qay darajada sölçi ekanini isbotlaş uçun bir iqtibosini eslasak. AQŞda mavjud bölgan ölim jazosiga qarşi bölgan Sanders çiqişlaridan birida şunday degandi: «Men davlatimiz ölim jazosini qöllaydigan Xitoy, Eron va Saudiya kabi mamlakatlar bilan emas, Yevropa demokratlari bilan bir qatorda bölişini xohlayman».
AQŞ Saudiya Arabistoni bilan qançalik qalin ekani ma'lum gap, çunki bu mamlakat Amerikadan «dahşatli» miqdorda köp qurol-yaroğ sotib oladi. Tramp öz prezidentligi davrida Saudiyaga 400 milliard dollarlik qurol-yaroğ sotilganini köp marta maqtangan. AQŞning Xitoydan taşqi qarzi ham boşni aylantiradigan darajada katta. Mana şularni bilgan holda Sanders prezidentlik kampaniyasi vaqtida bu iqtisodiy derjavalarni öta xotirjamlik bilan bemaza mamlakatlar qatoriga qöşdi. Sanders Amerika, Amerika, deb haybarakallaçilik qilmaslik barobarida mamlakat manfaatini, şa'nini har qanday milliardlardan ustun qöya oladi. Bu Ronald Reyganni eslatmayaptimi?..
Nomzod qaçon tanlanadi?
AQŞda saylovçilar vakillarga ovoz berişi, vakillar esa özini qöllaganlar nomidan prezidentni saylaşi yuqorida aytib ötildi. 2020 yilning 16 iyun kuni demokratlarda vakillar tanlaş jarayoni yakunlanadi, ya'ni praymeriz öz nihoyasiga yetadi.
Darvoqe, 3 martga belgilangan «superseşanba»da ham juda köp narsa oydinlaşadi. Şu örinda, bu termin haqida ikki oğiz: AQŞda prezident saylovlari noyabrda ötkaziladi. Saylovgaça bölgan praymeriz esa fevralda boşlanadi. Odatda fevralning sönggi seşanbasida 15ta, ba'zan 20ta ştatda bir vaqtning özida praymeriz ötkaziladi.
«Superseşanba»ni yutganlar poygada katta ustunlikka ega böladi. Bu yil «superseşanba» mart oyining dastlabki seşanbasiga töğri kelmoqda. Demak, 16 iyunda vakillar tanlaş yakunlangaç, 13-16 iyul kunlari Miluoki ştatida ötkaziladigan partiya yiğilişida demokratlar partiyaning asosiy nomzodini tanlab oladi. Prezidentlik saylovlari esa 3 noyabrda bölib ötadi, bu AQŞ tarixidagi 59-prezidentlik saylovi böladi.
Saylovning birinçi bosqiçi taqvimi
Demak, şunaqa gaplar. Barçangizga 3 martdagi «superseşanba»ni ötkazib yubormaslikni tavsiya qilamiz. Umuman, AQŞ prezidentlik saylovlarini kuzatiş odamga zavq bağişlaydi. Çunki bu ajoyib davlat aynan demokratik saylovlar, sof saylov raqobati evaziga bugun dunyoning eng qudratli davlati bölib qoladi. Aynan şu sabab «keça paydo bölgan» Amerika köhna Yevropa va ming yillik an'analarga ega şarq davlatlarini ortda qoldirib, dunyoning iqtisodiy markaziga aylandi. 4 noyabrda ana şu ajoyib mamlakat yangi prezident bilan uyğonişi mumkin. Nima deb öylaysiz, Trampni yengişning imkoni bormikin?..