Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otasiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan erkakka 7 sutkalik ma'muriy qamoq jazosi qo‘llandi
Foto: IIBB
Avvalroq internetda keksa otasi bilan qo‘pol munosabatda bo‘layotgan erkak videosi tarqalgandi.
Ma'lum qilinishicha, videodagi voqea o‘rganilib, u 9 fevralda yuz bergani aniqlangan. 51 yoshli M.A. salomatligidagi muammolar sababli o‘zi mustaqil harakatlana olmaydigan 86 yoshli otasini turtib, uni koyigan.
Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan birgalikda M.A. bilan tushuntirish ishlari olib borishgan va erkakka keksa otasiga qarashda yordam ko‘rsatilishiga va'da berishgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanining ma'muriy sudi M.A.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (Mayda bezorlik) ko‘zda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topib, unga 7 sutkalik ma'muriy qamoqqa olish jazosini tayinlagan.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
18:01 / 02.02.2026
«Layk» to‘plash maqsadida qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
15:07 / 28.01.2026
Toshkentda ekohuquqbuzarliklarni qayd etuvchi 6 ta kamera ishga tushdi
12:08 / 14.01.2026