O‘zbekiston | 09:27 / 16.02.2020
4397
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YuNESKOning yana bir konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi

2020 yil 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun YuNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi.

Foto: Flickr

Konvensiya 2005 yil 20 oktyabrda Parij shahrida imzolangan va 2007 yil 18 martda kuchga kirgan. O‘zbekiston Konvensiyani 2019 yil 14 oktyabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiyaning asosiy maqsadi madaniy o‘zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘li bilan turli madaniyatlarning o‘zaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Hozirgi vaqtda mamlakatda konvensiyaning asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, jumladan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Maqom san'ati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik san'ati festivali o‘tkazilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Mavzuga oid