Payariq tumanining Alamli qişloği toğ-adirlar orasida joylaşgan, Nurota toğ tizmalariga kiruvçi bu hududdagi toğni ayrimlar «Qoraça», ayrimlar «Qaroqçi toği» deyişadi.

Ana şu toğlar orasida yaşovçi aholi neça yilki ahyon-ahyonda turli qadimiy buyumlar topib olişadi. Qoyatoşda öyilgan noodatiy suratlarga duç kelişadi.

Ammo bu buyum va suratlarning qançalik qiymatga ega ekani, tarixiyligi haqida heç narsa bilişmaydi.

Bundan uç oy oldin, 2019 yilning dekabrida şu qişloqda yaşovçi Norpölat Töqboyev olimlarga murojaat qiladi. Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri N.Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh hududda örganiş olib boradi.

Natijada, Alamli qişloğidagi Örta hovuz manzilida «Mezolit-neolit» yodgorligi aniqlanadi. Yer sathidan 3 dona toş buyum, ya'ni toş özagi, qirğiç qurol, qayroqtoş bölagi topiladi. Şuningdek, soy yon daralarida köplab qoyatoş rasmlar ham borligi aniqlanadi.

Olimlar xulosasiga köra, mazkur hudud toş asridan buyon özlaştirib kelingan. Matbuotda Payariqda toş asriga oid rasm va buyumlar topilgani haqida e'lon qilinadi (Vikipediya ma'lumotlariga köra, Markaziy Osiyoda toş asri bundan tört ming yil oldin tugagan – tah.). Bu yodgorlik makonida qazilma işlarini amalga oşiriş, qoyatoş rasmlarini örganiş, qöşni soylarda ham keng arxeologik qidiruv işlarini amalga oşiriş maqsadga muvofiqligi aytiladi.

Yaqinda bu qadimiy buyumlar haqida olimlarga ilk bor xabar bergan fuqaro N.Töqboyev tahririyatga murojaat qildi. Uning aytişiça, öşa qadimiy madaniy boyliklar hali ham e'tiborsiz, muhofazasiz qolayotgan, bu ham yetmaganidek, yöq qilinayotgan ekan. Kun.uz ijodiy jamoasi tezda öşa manzilga yetib bordi.

Mazkur qamişzor va soydan ötib, qoyatoşlar makoniga kirib borasiz. Darvoqe, biz hali soyga yetib bormasdanoq qişloqning turli hududlarida sopol idiş bölaklariga duç keldik. N.Töqboyevning aytişiça, odamlar öra kavlasa ham şunday bölaklarga, ba'zan butun qadimiy idişlarga duç kelaveradi. Qişloq markazidagi qabristonda qabr kavlanganda deyarli bu holat doim takrorlanadi.

Qoyatoşlar oralab borarkansiz, haqiqatan ham toşlarga öyilgan suratlarga duç kelasiz. Ularga boqib, bundan ming yillar oldin odamlar bu hududda qanday hayvonlarga duç kelganini tasavvur qiliş kişiga zavq bağişlaydi. Qoyatoşlar juda köp va siz özingiz minglab yillar avval çizilgan suratlarni izlagan sayin topaverasiz. Bular hali ham deyarli tadqiq etilmagani hayratingizni oşiradi.

Hayvonlar şaklidan taşqari, ayrim yozuvga öxşaş bir xil belgilarga tez-tez duç keldik. Ammo uning qanday belgi ekani, yozuvmi yo tasodifiy öxşaşlikmi, bilolmaysiz. Hayvonlar surati esa aniq-tiniq körinib turardi. Qolaversa, ularning bir qançasini örgangan olimlar haqiqatan ham qadimiy ekanini aytib turibdi.

Bu yerda toş asridan buyon ming yillar davomida odamlar yaşab kelgan, keyinçalik nima sababdanligi noma'lum — örtada yana kimsasiz makonga aylangan. Hozir esa uşbu qişloqda öttiz çoğli xöjalik istiqomat qilmoqda, xolos.

Endi masalaning oğriqli tomoniga ötamiz. Mana şunday betakror tabiat, eng muhimi, qadimiy va noyob madaniy boyliklarning rostdan ham xavf ostida ekaniga guvoh böldik.

Ehtimol, suratlar öyilgan bu qoyatoşlarni kimlardir sindirib, xorijda yuz minglab dollarga sotyapti, deb öylarsiz. Yoki kimdir ularni sekin-asta şaxsiy kolleksiyalari uçun taşib ketyaptimi, dersiz? Har holda juda qadimiy! Ammo ikkisi ham emas. Bu qoyatoşlar şunçaki, quriliş işlari uçun işlatilyapti. Ayrim hududlarda yangi quriladigan imoratlar poydevoriga toğ toşi teriladi. Bor-yöği şu maqsadda!

Imoratning poydevoriga bir ikkita toş kerak bölsa, bu madaniy boylik million dollar turmaydimi?! Bilmaganga, qadrlamaganga buning ahamiyati yöq.

Bu Samarqand viloyati hududida kuzatilgan birgina holat emas. Ötgan yili Jomboy tumanida ham temuriylar davriga oid deya taxmin qilingan tangalar topilgani haqida xabar berilgandi. Kişini öylantiradigan jihat şuki, nega bizning olimlarimiz ijobiy ma'noda sarguzaşttalab emas? Nega bunday obektlar tezlik bilan ilm egalarini jalb qilmaydi, öşa hududlarda örganişlar olib borilmaydi, muhofaza qilinmaydi?

Aytgança, hududda fuqarolar qadimiy buyumlar bilan birga tarixiy tangalar ham topib olişgan ekan. Albatta, arxeologlar hali bu yerdan köp narsa topişlari mumkin. Fuqarolar esa bu topilmalarga şunçaki, yerning yuqori qismidan duç kelmoqda.

N.Töqboyevning özida ham toş, tangalar va sopol buyumlardan iborat butun bir kolleksiyaga guvoh böldik. Tangalarning qaysi davrga tegişli ekani, qaysi qadimiy davlat hayotidan hikoya qilişi, ahamiyati, umuman, bunday joylarning e'tiborsiz qolayotgani xususida tez orada olimlar bilan suhbat uyuştirib, e'tiboringizga havola etamiz.

Anvar MUSTAFOQULOV, Isomiddin PÖLATOV (foto),

Kun.uz muxbirlari.