Samarqand viloyatining Payariq va Toyloq tumaniga yangi hokimlar tayinlandi.
Bugun, 5 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilib, tuman hokimi Isroil Jabborov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
Sessiyada Şunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Şunqor Xudoyberdiyev 1971 yilda Past Darğom tumanida tuğilgan. 1988–1993 yillarda Samarqand qişloq xöjalik institutida tahsil olgan.
U 2016–2019 yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan, 2019 yilda Past Darğom tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil aprelidan bugunga qadar u Samarqand viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.
2023 yil avgust oyidan Payariq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov oldinroq tadbirkor mulkini sudning hal qiluv qarori kuçga kirmasdan içidagi texnikalari bilan birga buzdirib taşlagani bilan OAV e’tiboriga tuşgandi.

Öşanda u binoni buziş uçun olib borilgan texnika haydovçisiga «Bos! Tozala!» deya topşiriq bergan edi.
Ayni vaqtda u qaysi lavozimga ötkazilayotgani ma’lum emas.
Bugun xalq deputatlari Toyloq tumani kengaşining ham navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilib,













