Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi xonadonlardan birida portlaş sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, hodisa 30 yanvar kuni yarim tunda tumanning Turkibola mahallasida sodir bölgan. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi jarohatlangan.

2026 yil 14 fevral kuni Payariq tumani hokimining uşbu baxtsiz hodisa sabablarini örganiş va oqibatlarini bartaraf etiş böyiça qarori qabul qilingan. Hujjatda keltirilişiça, portlaşda 1987 yilda tuğilgan S.N., 1994 yilda tuğilgan V.F. hamda ularning 12 yoşli qizi, şuningdek, 9 va 1 yoşli öğillari kuyiş tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, oila boşliği S.N. kuyiş va oyna siniqlaridan olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Hokim qarorida işçi guruhga hodisa sabablarini örganiş, xususan, gaz jihozlari standart talablar asosida örnatilganini aniqlaş maqsadida “Payariqtumangaz” gaz ta’minotiga bölimidan ekspertlar jalb etiş topşirilgan.

Avvalroq Iştixon tumanidagi uyda gazballoni portlab, unda jarohatlangan 5 kişi şifoxonaga yotqizilgandi.