Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda yangi quvvatlarni tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi
2020 yilda yangi quvvatlarni tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “2020 yilda yangi quvvatlarni tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Qayd etilishicha, o‘tgan yillar davomida respublikaning barcha hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarni amalga oshirish hamda ulardagi infratuzilma obektlari bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar to‘liqligicha o‘z yechimini topmasdan qolmoqda.
Xususan:
birinchidan, hududlarda yangi quvvatlarni ishga tushirish, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan;
ikkinchidan, hududlarda ishga tushirilgan loyihalarni, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma bilan ta'minlash, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar tizimli tashkil etilmagan;
uchinchidan, hududlarda o‘z faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlarini aniqlash va ularni faoliyatini tiklashda ko‘maklashish, moliyaviy ko‘mak berish bo‘yicha ishlar tizimli tashkil etilmagan;
to‘rtinchidan, hududlarda davlat aktivlari bo‘lgan bo‘sh turgan binolarni belgilangan tartibda tadbirkorlarga sotish bo‘yicha ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmagan.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan “2020 yilda yangi quvvatlarni tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi dasturi ma'qullanadi.
Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
yuqori texnologiyali raqobatbardosh eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari hamda turmush darajasini oshirish;
mahsulot tannarxini, sotib olinayotgan xomashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, tadbirkorlik sub'yektlariga qulaylik yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, Davlat ulushi bo‘lgan va bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanish orqali budjetga tushumlarni ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish hamda barqaror soliq tushumlarini ta'minlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarini bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari bilan kelishgan holda tarmoq jadvallarini ishlab chiqadilar.
Belgilanishicha:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan yangi quvvatlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib boradi va muvofiqlashtiradi;
investitsiya loyihalarning barcha parametrlari bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etadi va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘radi;
zarurat bo‘lganda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, investitsiya loyihalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta'minlash choralarini ko‘radilar.
Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil davomida, o‘z faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tiklashga ko‘maklashish, ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishni ta'minlaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil davomida sotilishi rejalashtirilgan davlat ulushi bo‘lgan va bo‘sh turgan obektlarni tadbirkorlarga sotish ishlarini jadallashtiradilar. Bunda, import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga alohida e'tibor qaratiladi.
Mavzuga oid
08:02 / 16.05.2026
Vetnam tarixidagi eng qimmat megaloyihaga qo‘l urmoqda
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026