Har kuni Mobiuz’ning yangi baza stansiyalari ishga tushmoqda
Mobiuz mobil operatori mazkur oyning boshidan boshlab Toshkent shahri va viloyatlarda tarmoqlarning katta ko‘lamli modernizatsiyasini amalga oshirmoqda.
2019-2021 yillarda operatorni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar tarmoqlar sig‘imini kengaytirish hamda mobil aloqa xizmatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan. Kuniga yangi baza stansiyasi o‘rnatilayotgani texnik rivojlanish qanchalik tez amalga oshirilayotganiga yorqin isbot bo‘la oladi.
«Mazkur yilda texnik tadbirlar amalga oshirish sur'atlari yanada tezlashdi, - deydi Mobiuz Texnik direktori Olga Filatova. – Axir rebrending doirasida kompaniya abonentlarga mehr va e'tibor ko‘rsatishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Bu borada sifatli xizmatlarni taqdim etish ham mijozlarga bo‘lgan e'tibordan darak beradi. Umuman olganda 2020 yilda respublika bo‘yicha 1000 ziyod baza stansiyalarini o‘rnatishni rejalashtirganmiz».
O‘z o‘rnida, abonentlar xizmatlardan juda ham faol foydalanganligi uchun tarmoqlarga og‘irlik tushayotgan zonalardagi uskunalarni yaxshilashga texnik mutaxassislar katta e'tibor qaratishmoqda. Ishlar bir vaqtning o‘zida to‘rtinchi va uchinchi avlod tarmoqlarida olib borilmoqda.
Xususan, poytaxtning yangi ko‘rinishga ega bo‘layotgan va aholi soni ko‘payib borayotgan Sergeli tumanida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mobiuz’ning yangi uskunalari tumanning ikkinchi va oltinchi dahalarida, Sofdil, Nilufar va Lutfikor ko‘chalarida o‘rnatilib bo‘lindi.
Toshkentning Uchtepa tumanidagi Dilkash, Rahim Boboyev va Reshetov ko‘chalarida o‘rnatilgan yangi baza stansiyalari tufayli tarmoqlar sig‘imi yanada oshdi. Xuddi shunday tarzda Olmazor tumanining K.G‘ofurov, Forobiy, Yunusov ko‘chalarida, Chilonzor tumanining Proyektnaya ko‘chasi, Bektemir tumanining Oltin Topgan va Shayxontohur tumanining Yangi Beltepa ko‘chalarida ham ana shunday ishlar olib borildi.
Abonentlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuman markazlari hamda qishloqlarda ham aloqani yaxshilashga e'tibor qaratilmoqda. Ular qatorida – Toshkent tumanidagi Keles shahri, Ko‘ksaroy va Ko‘kterak qishloq fuqarolar yig‘ini hamda Shamsiobod shahar turidagi qishloqlaridir. Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota tumani Turkiston qishlog‘i va Xonobod shaharchasi aholisi ham Mobiuz’ning sifati yaxshilangan aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Baza stansiyalarini ishga tushirish ishlari avjida. Mehr ko‘rsatuvchi operator sifatida Mobiuz abonentlarga texnik yaxshilanish bo‘yicha barcha yangilik va ma'lumotlarni yetkazib berib turadi. Kompaniyaning bu boradagi yangiliklari nafaqat www.mobi.uz saytida, balki rasmiy Telegram-kanallarida ham o‘zbek va rus tillarida berib boriladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 20.12.2023
Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
17:14 / 08.12.2023
Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi
16:55 / 06.12.2023
Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi
14:06 / 01.12.2023