O‘zbekiston | 13:11 / 18.02.2020
3364
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB neft-gaz va kimyo obektlarining xususiylashtirilishi bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishi mumkin

YeTTB delegatsiyasi vakillariga neft-gaz va kimyo sohalarida qaysi obektlarning xususiylashtirilishi ma'lum qilindi

Foto: Flickr

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillarining O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Tabiiy resurslar departamenti direktori boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ham bo‘ldi.

Uchrashuvda dastlab YeTTB haqida ma'lumot berildi. Qayd etilganidek, faol bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1991 yilda tashkil etilgan bankning aksiyadorlari 65ta mamlakat, Yevropa ittifoqi va Yevropa investitsiya bankidir.

Yig‘ilishda agentlik oldida turgan davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish, bankrotlik to‘g‘risidagi yangi qonunni ishlab chiqish, bo‘sh turgan obektlar bilan ishlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar haqida so‘zlab berildi.

Shuningdek, neft-gaz va kimyo sohalaridagi qaysi obektlarning xususiylashtirilishi ma'lum qilindi. O‘z navbatida, YeTTB ushbu loyihalarda ishtirok etish istagini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida bank tomonidan ko‘rsatilgan qo‘shimcha texnik yordam va maslahatchilarning ishi uchun minnatdorlik bildirilib, xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish va tizimni rivojlantirish borasidagi ehtiyojlari tilga olindi.

Mavzuga oid