Ma'lumot uçun: Hakimov Obid Orziquloviç, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori. 1977 yilda Termiz şahrida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent moliya institutini, 2000 yilda AQŞning Vanderbilt universiteti va 2006 yilda Midl Tennessi davlat universitetini (AQŞ) tamomlagan. Toşkentdagi Vestminster universitetida iqtisodiyot böyiça prorektor va Davlat boşqaruvi akademiyasida prorektor bölib işlagan. 2017-2018 yillarda prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati sektor mudiri bölgan.

– Obid aka, prezident bu masala böyiça yakuniy fikrga kelişni parlamentga havola qildi. Nima deb öylaysiz, yangi parlament bu borada töğri qaror çiqarişga qodirmi?

– Hammasi parlamentga taqdim qilinadigan ma'lumotlar, aql markazlarining xulosalari, aniq hisob-kitoblarga boğliq. Parlamentning har ikki palatasi bu ma'lumotlar bilan jiddiy tanişib çiqqandan keyingina bu borada yakuniy fikrga keliş mumkin. Eng muhimi, davlatimizning bu ittifoqqa qöşiliş-qöşilmasligi, tölaqonli a'zo yoki kuzatuvçi bölişi bevosita Özbekistonning özi hal qiladigan masala.

– Parlament ma'lumotlarga tayanib xulosa qiladi, deyapsiz. Ammo bu masalada turli mutaxassislarning iqtisodiy hisob-kitoblari keskin farqlanadi, ya'ni bir-biriga zid keladi. Nahotki respublika miqyosida aniq xulosa bera oladigan mutaxassislar yoki işçi guruhi yöq bölsa?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori
Obid Hakimov

– Iqtisodiy hisob-kitoblar emas, fikrlar, bahslar jarayonidagi ehtirosli gaplar desak töğri böladi nazarimda. Hisob-kitoblar bor albatta va ular muntazam örganilmoqda. Mana, yanvar oyida bizning institut Özbekistonning YeOIIga kirişi qanday iqtisodiy özgarişlarga olib kelişi böyiça batafsil tadqiqotlar natijalarini joylarda taqdim qildi. Nafaqat biz, balki Germaniyaning Berlin Economics konsalting taşkiloti, Rossiyaning Gaydar iqtisodiyot va siyosat instituti, Boston konsalting instituti kabi köplab aql markazlari ham ayni şu masalada tadqiotlar olib borişmoqda. Aytiş mumkinki, ularning tadqiqotlari natijalarida keskin farqlar yöq.

Masalan, Berlin Economics ma'lumotlarida Özbekiston iqtisodiyoti bu integratsiya natijasida 0,3 foizga oşişi prognoz qilingan bölsa, bizning hisob-kitoblarimizda bu körsatkiç 0,9, Gaydar institutinikida 1 foizni taşkil qiladi va bu qöşiliş ittifoqqa 700 mln dollar atrofida foyda keltirişi aniqlangan.