Jamiyat | 11:00 / 22.02.2020
8162
4 daqiqa o‘qiladi

«Ipoteka-bank» ATIB tomonidan bankning Toshkent viloyati Chirchiq filialiga press-tur tashkil etildi

Foto: Ipoteka-bank

Bank filialida ishchi-xodimlar va mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar, bankning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tutgan o‘rni, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari filial faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Prezidentimizning 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan moliya-bank tizimida mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bank mijozlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar aholining bankka bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilayotir.

Bank Chirchiq filialida ishchi-xodimlar va mijozlar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Chirchiq shahrida bank filiali va uning 2ta mini banki, 12ta maxsus kassasi va bankomatlari aholi uchun xizmat qilmoqda.

Filial tomonidan 4200 dan ziyod, shu jumladan, 2650 dan ziyod yuridik va 1600 nafarga yaqin jismoniy shaxslarga tezkor va sifatli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

– Korxonamiz logistik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, Yevropa davlatlari, xususan Germaniya, Italiya, Polsha va Chexiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanamiz, – deydi «Chirchiqtexnodom» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nurmuhammad Raximov. – Bir vaqtning o‘zida mazkur davlatlardan respublikamizga qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalarni ham olib kelamiz. Bu borada Ipoteka bank bizning ishonchli hamkorimizga aylangan. Bankning ishonchli tezkor va sifatli xizmati tufayli 11 yildan buyon shu bank bilan ishlaymiz. Dunyo banklari bilan hamkorlik qilib kelayotgan tadbirkor sifatida ushbu bankning xizmatlari bizni Yevropa banklari bilan bir qatorda to‘liq qanoatlantiradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shaharda 150 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa kommunal to‘lovlarni mazkur bank orqali amalga oshiradi.

– Bank bilan bog‘liq barcha ishlarimni shu bank orqali bajaraman, – deydi Nafosat ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ubaydulla To‘yyev. – Bankning xizmatlari, birinchi navbatda, ishonchliligi, qolaversa tezkorligi va xizmat sifati menga ma'qul. Umuman olganda, so‘nggi yillarda bank tizimida biz uchun ilgari orzu bo‘lgan umidlarimiz ushalmoqda.

Darhaqiqat, mamlakatimizda «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili hayotimizda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.

«Ipoteka-bank» ATIB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid