Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazli ballonchalarda ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar ro‘yxati ochiqlandi
Gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ro‘yxati:

Hujjatga ilova qilingan tushuntirish xatida aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bosh vazir tomonidan 2019 yil 19 avgustda 25/1-2504-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyulda qabul qilingan “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RK-550-sonli qonunining ijrosini ta'minlash yuzasidan nazorat rejasi”ga muvofiq ishlab chiqilgan.
Bildirilishicha, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me'yorlarni respublika normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan holda gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi 5 xil moddaning ro‘yxatini ishlab chiqarildi. Bu ro‘yxatda ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalarning nomlari, ularning maksimal og‘irligi va parametrlari ko‘rsatildi. Ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ta'sirining gazli qurol patronlari va aerozolli qurilmalarga maksimal og‘irlik va miqdori parametrlari uchun chegaraviy ko‘rsatgichlar belgilandi. Shuningdek, qo‘llanishga ruxsat etilgan moddalarni aralashmalarini tibbiy-biologik sinovlar asosida belgilanishi ko‘rsatilgan.
Gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatish uchun ruxsat etiladigan ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki achishtiruvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan moddalarni gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar yordamida ishlatilishiga me'yoriy talablar belgilangan.
Mazkur qaror loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirildi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025