Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Obidov: Oliy sudning rasmiy pozitsiyasi faqatgina matbuot xizmati tomonidan beriladi
Kun.uz Toshkent shahridagi mahallalardan birida 81 tup daraxtning noqonuniy kesilishi masalasida Oliy sud mas'ul xodimi Nuriddin Murodov taqdim etgan qo‘shimcha ma'lumotlarni e'lon qilgan edi.
Xabarda bu vaziyatning kelib chiqishiga doir huquqiy axborot berilgan, shuningdek Oliy sudning Sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi bosh konsultanti Nuriddin Murodovning fikrlari ham ilova qilingandi.
Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabarda bayon etilgan mulohazalarni mahkamaning rasmiy pozitsiyasi sifatida qabul qilmaslikni so‘radi.
«2020 yil 25 fevral kuni Kun.uz saytida chop etilgan «81ta daraxt kesilgan hududni quruvchiga berishda amaldagi tartibga rioya qilinmagani ma'lum bo‘ldi» sarlavhali maqolada bayon etilgan fikr-mulohazalar Oliy sudning rasmiy nuqtayi nazari emas, balki Oliy sud xodimining shaxsiy qarashlaridir.
Oliy sudning rasmiy pozitsiyasi faqatgina matbuot xizmati tomonidan beriladi. Shuning uchun ushbu maqolada qayd etilgan fikrlarni Oliy sudning rasmiy munosabati deb, qabul qilmaslik so‘raladi», – dedi Aziz Obidov.
Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida 81 tup ko‘p yillik daraxt quruvchi kompaniya tomonidan noqonuniy kesib tashlandi.
Natijada Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari va «BUILDING AND SUPPLIES» MChJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tuman prokuroriga hayfsan berildi.
Holat yuzasidan tezkor choralar ko‘rilib, hokimlik va MChJ mansabdorlaridan 1,9 milliard so‘mga yaqin tovon undirildi. Noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar o‘rniga to‘rt xil turdagi daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Mavzuga oid
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
20:14 / 06.05.2026