Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni o‘ttiz nafarga yaqinlashdi
Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert mamlakat koronavirusga chalinish holatlari o‘sishiga tayyorlanayotganligini bildirdi.
Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni o‘ttiz nafarga yaqinlashdi, deb xabar berdi mamlakat OAV.
Dpa agentligining xabar berishicha, Germaniyada ikki kun ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 9ta yangi holat qayd etilgan.
Shu tarzda, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga yetgan, yana ikki kishi gripp simptomlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, ularda hozircha COVID-19 mavjudligi tasdiqlanmagan.
Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert mamlakat koronavirusga chalinish holatlari o‘sishiga tayyorlanayotganligini bildirdi. Berlinda epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda shtab tashkil etiladi.
Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 78 mingdan oshib ketdi, 2744 nafar kishi vafot etdi, 32 mingdan ortiq kishi tuzaldi. Xitoydan tashqari yana 37 mamlakatda koronavirusga chalinish holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026