12:39 / 28.02.2020
4
42193

2019 yilda 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan

2019 yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan

Turkiya/Foto: KUN.UZ

Turkiya Statistika instituti 2019 yil uchun o‘z hisobotini e'lon qildi. Unda qayd etilgan nikohlar va ajralishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

2019 yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Shuningdek, 11 nafar o‘zbekistonlik Turkiya fuqarolariga uylangan.

Mamlakatda 2019 yilda turmush qurganlar soni 541 ming 424 kishini tashkil qildi. 2018 yilda turmush qurganlar soni 554 ming 389 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 2,3 foizga kamayib, 541 ming 424 kishini tashkil etdi. Ming kishiga to‘g‘ri keladigan nikohlar soni bo‘yicha taxminiy daraja 6,56taga to‘g‘ri keldi.

2018 yilda ajrashgan juftliklar soni 143 ming 573tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 8,0 foizga o‘sib, 155 ming 47taga yetdi. Har ming aholiga to‘g‘ri keladigan ajralishlar soni umumiy darajasi 1,88tani tashkil etdi.

2019 yil mamlakatda chet ellik kelinlar soni 23 264 kishini tashkil etgan, bu kelinlar umumiy sonidan 4,3 foizga teng. Shu bilan birga, xorijiy kuyovlarning soni 4580 kishini va umumiy miqdordan 0,8 foizni tashkil qildi.

Bildirilishicha, chet ellik kelinlar orasida suriyalik kelinlar 14,5 foiz bilan birinchi o‘rinda turadi. Keyingi pog‘onalardan 11,7 foiz bilan ozarboyjonlik kelinlar va 10,5 foiz bilan germaniyalik kelinlar joy oldi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top