Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Shveytsariyada yirik tadbirlar taqiqlandi, Jyeneva avtosaloni bekor qilindi
Bu haqda avtosalon saytida ma'lum qilindi.
Joriy yilda avtosalon yubiley sonda – 90-marta o‘tkazilishi kerak edi.
Farmoyishga ko‘ra, mamlakatda ishtirokchilari ming kishidan oshadigan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Taqiqlov kamida 15 martgacha amal qiladi.
“Biz bu vaziyatdan afsusdamiz, biroq tadbir ishtirokchilari salomatligi biz uchun hammasidan ustun. Bu esa avtosalonda ishtirok etish uchun katta mablag‘ sarflagan ishlab chiqaruvchilar uchun katta yo‘qotishlarni anglatuvchi fors-major holatdir. Biroq biz ular bu qarorni to‘g‘ri qabul qiladilar, deb ishonamiz”, deb aytgan avtosalon vasiylik kengashi raisi Moris Turrettini. Uning ta'kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyatda ko‘rgazma ishtirokchilari avtosalon bekor qilinishi natijasida ko‘rilgan ziyonning qoplanishiga umid qilmasliklari kerak.
Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, gap joriy yilda ko‘rgazmaning boshqa sanaga ko‘chirilishi emas, balki to‘liq bekor qilinishi haqida bormoqda.
Jyeneva avtosaloni 3 mart kuni matbuot uchun yangi mashinalar namoyishi bilan boshlanishi kerak edi.
Avvalroq koronavirus sababli aprel oxirida o‘tishi kerak bo‘lgan Pekin avtosaloni bekor qilingandi. Shuningdek, “Formula-1” avtopoygasining 17-19 aprelga belgilangan Shanxaydagi bosqichi noma'lum muddatga qoldirildi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Shveytsariyada koronavirusga chalinganlar soni 9 nafargacha yetdi. Mamlakatning Bazel-Siti kantonida bir necha bola tarbiyachilardan birida virus aniqlangach, 2 haftalik karantinga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
08:51 / 04.06.2026