Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Farmonda xususan, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
2020 yil 1 maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati mavjud bo‘lgandagina suddan talab qilib olish tartibi amaliyotga joriy etiladi;
2020 yil 1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etiladi;
2020 yil 1 noyabrga qadar odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;
2020 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinsin, shuningdek, bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi joriy etiladi;
2020 yil 1 dekabrdan boshlab ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi;
2020 yil 1 dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
12:19 / 09.06.2026