Jamiyat | 10:30 / 02.03.2020
2438
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohur tumanidagi ayrim manzillarda issiqlik ta'minoti o‘chiriladi

Issiqlik ta'minoti soat 10:00 dan 17:00 ga qadar o‘chiriladi 

Foto: KUN.UZ

Bugun, 2 mart kuni Beruniy ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan magistral issiqlik tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

"Toshissiqquvvat" DUK xabariga ko‘ra, shu sababli ayrim manzilgohlarda issiqlik ta'minoti soat 10:00 dan 17:00 ga qadar o‘chiriladi.

Ular: 

Bog‘ko‘cha mavzesi;
Beruniy ko‘chasi; 
General Uzoqov ko‘chasi;
Ipakchi ko‘chasi;
Ziyo Said ko‘chasi.

"Toshissiqquvvat" DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid