Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:54 / 03.03.2020
25469
2 daqiqa o‘qiladi
OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 20 martgacha uzaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan, 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida:
- OTMlar bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta'lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;
- xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kamida to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.
- Moliyaviy mustaqil OTMlarda qabul ko‘rsatkichlari oshadi, kontrakt narxi-chi?
- Kontrakt to‘lovi uchun o‘tkaziladigan ish haqiga soliq imtiyozi endi talabaning turmush o‘rtog‘iga ham qo‘llaniladi
- Talabalarning qanchasi «stipendiyasiz» kontrakt to‘layotgani ma'lum bo‘ldi
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
10:13 / 13.06.2026
Talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi tasdiqlandi
15:23 / 01.06.2026