Turli viloyatlarda yaşovçi köplab insonlarni çuv tuşirib ketgan jizzaxlik Şohrux Abdunazarov qölga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Unga köra, 1999 yilda tuğilgan Şohrux Abdunazarov 2025 yil 2 iyun kuni içki işlar tergov bölimi xodimlari tomonidan uşlanib, qamoqqa olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz oldinroq Şohrux Abdunazarovning firibgarlik sxemasi haqida suriştiruv e’lon qilgandi. 26 yoşli yigit OLX platformasi orqali eski oğir vaznli transport vositalarini topib, oldindan 5-10 mln söm bergan holda nasiyaga sotib olgan. Söngra ularni metallolomga topşirib, pullab yuborgan. Suriştiruvdan söng ham Kun.uz’ga Şohrux Abdunazarovdan jabrlangan köplab fuqarolar murojaat qildi.
Jizzax viloyati IIB matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Şohrux Abdunazarovga nisbatan joriy yil 2 may kuni jinoyat işi qözğatilganini, uni majburiy keltiriş çoralari körilayotganini, agar bu samara bermasa sirtdan qamoqqa oliş çorasi körilib, qidiruv e’lon qilinişini ma’lum qilgandi.













