Waymo kompaniyasi Nyu-Yorkning ayrim tumanlarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazishga ruxsat oldi.

Shahar meri Erik Adamsning ma’lum qilishicha, sinovlar Manhetten va Bruklinda o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, sinovlar yo‘l harakati xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi va mashina ichida mutaxassis ham bo‘ladi.

Avvalroq Waymo kompaniyasi o‘zining robotaksi xizmati sinovini AQShning yana 10ta shahrida o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Hozirda kompaniya xizmati Feniks, San-Fransisko va Los-Anjyelesda yo‘lga qo‘yilgan.