Kun.uz fuqarolarning eski yuk maşinalariga arzimagan pul berib, kutilmagan usulda çuv tuşirib ketayotgan firibgarlik holati haqida yozgan edi. Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, fuqarolarning murojaatlari asosida Şohrux Abdunazarovga nisbatan firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatilgan hamda majburiy keltirişga qaratilgan tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, joriy yil 2 may kuni Şarof Raşidov tumani IIB huzuridagi tergov bölimi uşbu tumandagi Pastki söloqli mahallasida istiqomat qiluvçi Şohrux Abdunazarovga nisbatan «takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik» – Jinoyat kodeksining 168- moddasi 3- qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatdi.
«Ammo ayni vaqtda gumon qilinuvçi huquqni muhofaza qiluvçi organlardan qoçib yuribdi. Şu bois içki işlar organlari xodimlari tomonidan Şohrux Abdunazarovni topiş va majburiy keltirişga qaratilgan tezkor tadbirlar amalga oşirilmoqda. Agarda mazkur yönalişdagi harakatlar samara bermasa, uşbu şaxsni sirtdan qamoqqa oliş çoralari körilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi», deyiladi viloyat IIB bayonotida.
Şuningdek, maqolada tilga olingan, Şarof Raşidov va Boyovut tumanlarida yaşovçi bir qança jabrlanuvçilarga moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, ulardan arizalar olingani ma’lum qilindi.
«Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Jarayon viloyat IIB huzuridagi tergov boşqarmasi nazoratiga olingan», deyiladi IIB bayonotida.
21 may kuni e’lon qilingan maqolada 26 yoşli yigit OLX platformasi orqali eski yuk maşinalarini topib, odamlarni çuv tuşirayotgani haqida yozilgan edi.
Xususan, Şohrux Abdunazarov sotuvdagi yuk maşinalarini oldindan 5-10 mln söm bergan holda nasiyaga sotib olgan, söngra ularni metallolomga topşirib, pullab yuborgan. Guvohlar bu uyuşgan guruh ekanini, jabrlanganlar soni köpligini aytgandi. Şuningdek, gumonlanuvçilarni olib yurgan taksist yigit ularning işlaş sxemasi haqida gapirib bergandi.













