Chinozda Ukraina fuqarosi boshqaruvidagi DAF’dan 700 litr dizel o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatida qarovsiz qoldirilgan yuk avtomashinasidan dizel yoqilg‘isi o‘g‘irlandi, g‘araz niyatli shaxslar ushlandi
2020 yilning 14 fevral kuni tunda noma'lum shaxslar “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Chinoz tumani Birlik mahallasi hududidan o‘tuvchi 862-kilometrida, Ukraina fuqarosi 46 yoshli A.K.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk mashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uning yoqilg‘i bakidan 700 litr dizel yoqilg‘isini yashirin ravishda to‘kib olib o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 29 yoshli A.Z., 33 yoshli A.X., 30 yoshli B.Yu. va 34 yoshli I.A. sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
G‘araz niyatli shaxslarga nisbatan ayblov e'lon qilingan va ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:27 / 25.09.2024
Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
17:15 / 25.07.2024
Chorsudagi tilla do‘konida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan o‘g‘irlik sodir etildi
14:51 / 08.07.2024
6 oyda 550 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlandi - Energoinspeksiya
09:32 / 04.07.2024