O‘zbekiston | 09:20 / 05.03.2020
7178
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston adliya vaziri tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Saylauboy Omonboyevich Mambetqodirov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

S. Mambetqodirov 1980 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2002 yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini, 2004 yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini magistratura bo‘limini, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2001 yilda Mo‘ynoq tuman markaziy kasalxonasining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlab, 2004-2008 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

S. Mambetqodirov 2018 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid