Jamiyat | 10:32 / 07.03.2020
9124
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda ikki oy avvalgi o‘g‘irlik fosh qilindi, jinoyatchi ushlandi

Ushlangan shaxs uy yotoqxonasida bo‘lgan 9 800 000 so‘m naqd pullarni va qiymati 9 200 000 so‘mlik zargarlik buyumlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan

Foto: Tergov departamenti

2019 yilning 28 dekabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Karmana tumanida joylashgan 45 yoshli fuqaro Z.M. (ayol) uyi darvozasining qulfini buzib, uyga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yotoqxonada bo‘lgan 9.800.000 so‘m naqd pullarni va qiymati 9.200.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni Qiziltepa tumanida yashovchi, 29 yoshli G‘.R. sodir etganligi aniqlangan.

G‘.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid