19:30 / 07.03.2020
0
10890

Xitoyning Futszyan provinsiyasida mehmonxona qulab tushdi

Hodisa Tsyuanchjou shahar okrugida yuz bergan. Vayronalar orasidan 16 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.

Foto : scmp.com

Xitoyning Futszyan provinsiyasida Xinjia Express mehmonxonasi binosi qulab tushdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, hodisa Tsyuanchjou shahar okrugida yuz bergan. Vayronalar orasidan 28 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Vayronalar ostida yana 40 kishi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Binoning qulab tushish sababi hozircha aniqmas. 

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida ham ma'lumot berilmagan. Qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top