Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishgan amaldor avvalroq koronavirusga chalingan kishi bilan muloqotda bo‘lganini ma'lum qildi
Avvalroq Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo shtatda favqulodda holat e'lon qildi - so‘nggi bir kunda koronavirusdan zararlanish holatlari qariyb ikki baravar oshdi.
Foto: AP
Amerika konservatorlar ittifoqi rahbari Mett Shlapp AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bir sahnaga chiqish va u bilan qo‘l berib ko‘rishishdan oldin koronavirusga chalinganligi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganini ma'lum qildi.
"Kasallikka chalinganligi aniqlangan shaxs bilan juda qisqa muloqotda bo‘lgandim", - dedi Shlapp Fox News telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha insonning o‘zi Tramp chiqish qilgan tadbirga kelmagan.
Tramp bu vaziyat uni "umuman tashvishga solmasligi"ni bildirdi. U shuningdek, saylovoldi kampaniyasi doirasida o‘z tarafdorlari bilan uchrashishda davom etishini ma'lum qildi.
Avvalroq Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo shtatda favqulodda holat e'lon qildi - so‘nggi bir kunda koronavirusdan zararlanish holatlari qariyb ikki baravar oshdi. Ayni vaqtda shtatda 89 kishida koronavirus yuqish holati tasdiqlangan.
AQShda ayni vaqtda virusdan zararlanganlar soni 444 nafarga yetdi, 19 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026