22:46 / 09.03.2020
1
31387

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 70 foizdan ortig‘i tuzalgani ma'lum qilindi 

So‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar soni 110 337 nafarga yetgan, shundan 80 739 holat Xitoyda qayd etilgan.

Foto: REUTERS / Thomas Peter

Xitoyda yangi koronavirusga chalinganlarning 70 foizdan ortig‘i tuzaldi, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.

"Xitoyda yangi koronavirusga chalingan 80 ming kishining 70 foizdan ortig‘i tuzalib ketdi", - dedi u.

JSSTning ma'lumot berishicha, bu 58,6 mingdan ortiq kishi demakdir. 

Qayd etilishicha, Xitoyda yangi koronavirusdan o‘lim holatlari yoshi 80dan oshganlarda 20, yurak-qon tomir kasalligi bor insonlarda 13, qand kasaliga duchor bo‘lganlarda 9, nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq muammosi bo‘lganlarda 8 va saratonga uchraganlarda 7,5 foizga ko‘proqdir.

So‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar soni 110 337 nafarga yetgan, shundan 80 739 holat Xitoyda qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top